Sirdaryoda yoshlar “Yoʻlovchilar bogʻi”ni yaratmoqda

13:13 11 Noyabr 2024 Jamiyat
329 0

Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Sirdaryo viloyatining faol yoshlari 10-20-noyabr kunlari “M-34” avtoyoʻlining Sirdaryo tumanidagi Islomobod mahallasidan oʻtgan qismida “Yoʻlovchilar bogʻi” barpo etish aksiyasini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqdi. Ular viloyat yoshlarini “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Qolaversa, viloyatdagi yosh fermerlarning “Yashil makon”ning kuzgi mavsumiga qoʻshadigan hissasi ham katta boʻlishi kutilmoqda. Ular tomonidan 50 ming tupga yaqin mevali va manzarali daraxt nihollari ekilishi belgilangan.

— Yoʻl atrofini bogʻlar, yashillikka burkanishining foydasi koʻp, — deydi Guliston davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti dekani Shahobiddin Turdimetov. — Koʻcha bogʻlari transport qatnovidan hosil boʻladigan chang va zararli gazlarni yutadi. Yana daraxtlar koʻp yerda mikroiqlim yuzaga keladi. Bunday joylarda jaziramada ham harorat boshqa manzillarga qaraganda past boʻladi. Yoshlarning yoʻllar boʻyida “Yoʻlovchilar bogʻi” tashkil etish boʻyicha tashabbusi tahsinga loyiq.

Maʼlumot uchun: “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumida Sirdaryo viloyatida 5 mln 283 ming dona manzarali, mevali va buta koʻchatlari ekish belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер