Sirdaryoda svetoforlar endi elektrsiz ham ishlaydi
Foto: Xalq so‘zi
Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabariga koʻra, Guliston shahri hududidagi Oʻzbekiston hamda Sayxun koʻchalari kesishmasidagi svetoforga 220 volt kuchlanishli “Invertor” akkumulyatori oʻrnatildi. Ushbu qoʻshimcha quvvat manbai elektr taʼminotidagi uzilishlar vaqtida svetoforlarni 5 soatgacha ishlashini taʼminlaydi.

Ayni akkumulyatorlar viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi svetoforlarga ham bosqichma-bosqich oʻrnatiladi. Natijada elektr uzilishi vaqtida chorrahalarda yuzaga keladigan tirbandlik va noqulayliklar boʻlmasligi taʼminlanadi.
Taʼkidlanishicha, mazkur yangilik, yaʼni svetoforlarni zaxira elektr manbai bilan taʼminlash respublikada birinchilardan boʻlib Sirdaryo viloyatida joriy etilmoqda.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring