Sirdaryoda suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish koʻlami kengaymoqda

16:37 05 Oktyabr 2023 Jamiyat
545 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Oʻtgan besh yilda Sirdaryo viloyatida 51 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiya joriy qilindi. Jumladan 11 ming gektardan ortiq maydonda tomchilatib, 400 gektarda yomgʻirlatib, 5620 gektar paxta maydonlarida diskret sugʻorish hamda 30 ming gektar maydonda lazerli tekislash ishlari amalga oshirildi.  

Hisob-kitoblarga qaraganda, 12 foiz ekin maydonlarida suvni tejovchi texnologiyalar joriy etilishi bilan vegetatsiya davrida viloyat boʻyicha 65 million kub suv iqtisod qilinadi va qoʻshimcha 10 ming gektardan ortiq maydondagi takroriy ekin uchun suv zaxirasi yaratiladi.

Shuningdek, mineral oʻgʻitlar sarfi 20 foizgacha, yoqilgʻi moylash mahsulotlari 35 foizgacha, mexanizatsiya xarajatlari 30 foizgacha qisqarishiga erishiladi. Oʻrtacha hosildorlikni esa 45-60 sentnerdan oshirish mumkin boʻladi.  

— Suv tanqisligi inobatga olinib joriy yilda Sirdaryo viloyatida suvni tejaydigan texnologiyalar orqali 2600 gektarga yaqin paxta maydonlarida tomchilatib sugʻorish tizimlarini qayta ishga tushirish uchun qurilish montaj ishlari olib borilmoqda, —deydi Quyi Sirdaryo irrigatsiya tarmoqlari havza boshqarmasi matbuot kotibi Sanjar Toshpoʻlatov. — Eng asosiysi, mamlakatimiz, xususan viloyatimizda ushbu tizim uchun uskuna va jihozlar ishlab chiqarish koʻrsatkichi ham yil sayin ortib bormoqda.

                                                      Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер