Sirdaryoda oʻzgalar nomiga onlayn kredit rasmiylashtirib kelgan soxta operator qoʻlga olindi
Foto: Arxiv surat
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida yashovchi (ayol) N.Z. IIOga murojaat qilib, oʻzining nomiga nomaʼlum sabablarga koʻra, 6 300 000 soʻm onlayn kredit rasmiylashtirilganligini maʼlum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Fargʻona viloyati, Fargʻona tumanida yashovchi 28 yoshli Q.M. ekanligi aniqlangan.
Unga koʻra, Q.M., jabrlanuvchi (ayol) N.Z.ga qoʻngʻiroq qilgan va oʻzini bank operatori sifatida tanishtirib, “SMS” xabarnoma yuborish orqali boshqaruv huquqini qoʻlga kiritgan soʻng, N.Z.ning nomiga 6 300 000 soʻm miqdorida onlayn kredit rasmiylashtirib, oʻsha vaqtning oʻzida mazkur pullarni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank plastik kartasiga oʻtkazib olgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Q.M.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring