Sirdaryoda oʻz farzandini 10 ming dollarga pullayotgan ayol ushlandi

10:19 15 May 2020 Jamiyat
1081 0

Foto: ИИВ ахборот хизмати

Joriy yilning 5-may kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani, “Laylakkoʻl“ mahallasida fuqaro E.Sh. chaqalogʻini fuqaro R.G.ga 10 200 AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan.

Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga koʻra, shu vaqtda E.Sh. Sirdaryo viloyati IIB T va EQKB hamda Boyovut tumani IIB xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.

Voqea joyida gumonlanuvchidan 10 200 AQSH dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Mazkur holatga koʻra, fuqaro E.Sh.ning harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandida koʻrsatilgan jinoyat tarkibi mavjud boʻlib, unga nisbatan hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер