Sirdaryoda oʻqituvchi va murabbiylar uchun tibbiy koʻrik tashkil etildi
Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Sirdaryo viloyatida ham “Oʻqituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar tashkil etilmoqda.
Mirzaobod tuman tibbiyot birlashmasi va tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasida boʻlib oʻtgan shunday tadbirda hududdagi 34 ta umumtaʼlim maktabi va 20 ta maktabgacha taʼlim muassasalarining 200 nafarga yaqin oʻqituvchi va murabbiylari ishtirok etdi.
Ular aksiya doirasida EKG, UTT, laboratoriya tekshiruvlari, shuningdek kardiolog, nevropatolog, urolog, ginekolog, oftalmolog va endokrinolog kabi tor soha mutaxassislari tomonidan tibbiy koʻriklardan oʻtkazilib, zarur tavsiyalar berildi.
Salomatlik koʻrsatkichida muammosi bor oʻqituvchi va murabbiylar tuman, viloyat va respublika darajasidagi davolash-profilaktika muassasalariga yoʻnaltirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring