Sirdaryoda ogʻufurushlar qoʻlga olindi
Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Guliston shahrida tezkor nazorat tadbiri oʻtkazdi. Bu haqda “Postda” xabar berdi.
Tadbir davomida Guliston shahar “Bogʻishamol” MFYda J. ismli shaxsga marixuana giyohvandlik vositasini 7 mln. soʻmga sotayotgan Guliston tumanida yashovchi fuqaro S.A. qoʻlga olindi. Giyohvand modda 2 litrlik idishga solingan holatda, 150 gramm miqdorda ekanligi aniqlandi.
EKBning xulosasida aytilishicha, J. ismli shaxsdan olingan oʻzidan oʻtkir hid taratuvchi oʻsimlik moddasi tarkibida faol giyohvand modda – tetragidrokannabinol mavjud boʻlgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring