Sirdaryoda kredit mablagʻlarini maqsadsiz yoʻnaltirgan hokim yordamchisiga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Foto: Arxiv surat
Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani hokimi yordamchisi T.J. taʼsischiligida 3 ta tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan. U shu tashkilotlardan biriga 12 holatda fuqarolarning 371,5 mln soʻm kredit mablagʻlarini oʻtkazib bergani aniqlandi.
Xususan, Boyovut tumani hokimi yordamchisi T.Jning taʼsischiligida 3 ta tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan boʻlib, shundan “B.L.B.” MCHJga 12 holatda fuqarolarning 371,5 mln.soʻm kredit mablagʻlari oʻtkazib berilgan va ushbu mablagʻlar maqsadsiz yoʻnaltirilgan.
Oʻrganish natijalari boʻyicha toʻplangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi va prokuratura tomonidan mazkur holat boʻyicha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.
Unga koʻra, Boyovut tumani hokim yordamchisi T.J.ga va boshqalarga nisbatan 03.11.2022-yilda Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «v», «g» bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring