Sirdaryoda dasturchi yoshlar oʻrtasida “Hackathon” tanlovi oʻtkazildi

13:26 16 Dekabr 2022 Jamiyat
841 0

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va IT Park viloyat filiali hamkorligida dasturchi yoshlar oʻrtasida “Hackathon” tanlovi boʻlib oʻtdi.

Ushbu tanlovdan asosiy maqsad – axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar hamda sohada faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlarga koʻmaklashish, shuningdek, ular oʻrtasida raqamli texnologiyalarni keng targʻib qilish, yoshlarga IT sohasidagi keng imkoniyatlardan foydalanish uchun sharoit yaratishdan iborat.

Tanlovda 30 dan ziyod yosh dasturchilar hamda sohada faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Tanlov soʻngida gʻolib boʻlgan ishtirokchilarga homiylarning qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер