Sirdaryoda bugʻ-gaz elektr stansiyasi qurilishi boshlandi
“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Boyovut tumani hokimligi axborot xizmat tarqatgan xabarga koʻra tuman hududida quvvati 1 500 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi boshlandi.
Ushbu nurxona “Sirdaryo viloyatida quvvati 1 500 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “The International Company for water and power projects” (Saudiya Arabistoni) (investor) va “Acwa Power Sirdarya” MCHJ (Loyiha kompaniyasi) oʻrtasidagi mazkur bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish boʻyicha tuzilgan investitsiya bitimi asosida barpo etilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring