Sirdaryoda bank xodimining noqonuniy ishdan boʻshatilgani aniqlandi
Иллюстратив фото
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakiliga AT Xalq banki Sirdaryo viloyati filialida ishlagan fuqaro D.E. ishdan noqonuniy boʻshatilgani boʻyicha murojaat qildi.
Murojaat nazoratga olinib, oʻrganilishi davomida aniqlanishicha, fuqaro D.E. 2012-yildan buyon kassir lavozimda ishlab kelgani, 2022-yilda sentyabrdan bola parvarishlash taʼtiliga ketgan xodim lavozimiga oʻtkazilganligi va shu yili oʻsha xodimning taʼtildan qaytishi vaji bilan ishdan boʻshatilgan.
Fuqaro D.E.ning ish beruvchi va qator tegishli tashkilotlarga avvalgi ish joyiga tiklash boʻyicha murojaatlari samara bermagach, u Ombudsman mintaqaviy vakiliga murojaat qiladi.
Murojaat oʻrganilganda fuqaroning mehnat huquqlari buzilgani aniqlandi va qonunbuzilish holatlari asoslantirilib, AT Xalq bank boshqaruvi raisiga Ombudsman taqdimnomasi kiritildi. Natijada fuqaro D.E. kassir lavozimiga ishga tiklandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring