Sirdaryoda 5 gektar yerni 40 ming AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

10:32 28 Yanvar 2023 Jamiyat
729 0

Foto: Illustrativ foto

Firibgarlik soʻnggi vaqtlarda jamiyatimizda eng koʻp uchrayotgan jinoyat turi sanalib, unda qonunbuzarlar aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing mulkini qoʻlga kiritishga urinishadi.

Xususan, Sirdaryo tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi xodimi 1989-y.t. ukasi bilan oʻzaro til biriktirib, Sayxunobod tumani hududidagi 5 gektar yer maydonini tegishli tashkilotlardagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSH dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Guliston shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.

Aniqlanishicha, mazkur 5 gektar yer maydoni 2020-yilda viloyat hokimligining bayonnomasi asosida daryo oʻzanini tozalash, qirgʻoqlarini mustahkamlash va qum-shagʻal qazib olish maqsadida istisno tariqasida, auksion savdolariga qoʻyilgunga qadar foydalanish uchun Sirdaryo tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi xodimiga qarashli MCHJga biriktirilgan.

Lekin, 2022-yilda viloyat hokimligining tegishli bayonnomasi bilan ushbu biriktiruv bekor qilingan.

Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер