Sirdaryoda 200 million soʻmdan oshiq narxda sotilgan “zolotoy” avtoraqam — yana sotuvga qoʻyildi
Sirdaryoda “rekord” yangilanib, navbatdagi “zolotoy” avtoraqam 20 | 700 OOO ning narxi 200 million soʻmdan oshib ketgandi.
Xabar berilishicha, mazkur avtoraqam yana takroran sotuvga qoʻyilgan va uning sabablari ochiqlanmadi. Shuningdek, yana bir chiroyli avtoraqam ham takroran sotuvga qoʻyildi. Suratdagi har ikkala chiroyli avtoraqamlarning (20 | 777 ZZZ) va (20 | 700 OOO) boshlangʻich narxlari 122 million 500 ming soʻmdan boshlanadi va sotuv jarayonlari davom ettirilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda avtoraqamlar borasidagi rekord narx Samarqand viloyatida sotilgandi. Koʻp oʻtmay mazkur avtoraqamni xarid qilganligi aytilayotgan taniqli aktyor, shoir va rejissyor Ahad Qayum uni sotib olganligini maʼlum qilgandi. Biroz vaqt oʻtib yana oʻsha avtoraqam qaytadan sotuvga qoʻyilgandi va bu holat ijtimoiy tarmoqlarda “Ahad Qayum tomoshasi” nomi bilan atalgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring