Sirdaryoda 2 milliard soʻmdan ortiq mablagʻni oʻgʻirlagan kiberjinoyatchi qoʻlga olindi
Oʻzbekistonning turli hududlarida yashovchi 200 dan ortiq fuqaroning bank kartalaridan pul oʻgʻirlagan yigit qoʻlga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Sirdaryo viloyatida yashovchi fuqaro yirik kiberjinoyat sodir etgani aniqlandi.
Yigit jabrlanuvchilarning telefonlariga kirish huquqini qoʻlga kiritish uchun Telegram orqali tarqatiladigan zararli APK-fayllaridan foydalangan. Shundan soʻng, u bank kartalariga bogʻlangan maʼlumotlar yordamida pullarni noqonuniy ravishda oʻzlashtirgan.
Qayd etilishicha, uning xatti-harakatlaridan 200 dan ortiq fuqaro jabr koʻrgan. Yetkazilgan moddiy zarar miqdori 2 milliard soʻmdan oshib ketgan.
Jami 121 ta kiberjinoyat sodir etgan gumonlanuvchi qoʻlga olinib, qamoqqa olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring