Sirdaryo viloyatiga soʻnggi rusumdagi tez tibbiy xizmat avtomobillari topshirildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Respublika tez tibbiy yordam markazi Sirdaryo viloyati filialiga yana 25 ta “Volkswagen Caddy”rusumli tez tibbiy yordam mashinalari topshirildi va ushbu turdagi avtomobillar soni 48 taga yetdi.

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining maʼlum qilishicha, 2025-yilning oxiriga qadar “103” tasarrufida mavjud “Damas” rusumli va xizmat muddatini oʻtagan boshqa turdagi avtotransport vositalarini bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish belgilangan.

Avtoulovlar hududlardagi aholi sonidan kelib chiqqan holda va mavjud ehtiyojga koʻra taqsimlandi.
Tez tibbiy yordam mashinalarini topshirish jarayonida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ishtirok etdi. Taʼkidlandiki, ushbu soʻnggi avlod tez tibbiy yordam mashinalari viloyatda tibbiy xizmat sifati va qamrovini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring