Sirdaryo viloyatida yangi IES ishga tushish arafasida
Foto: Xalq so‘zi
Ayni kunlarda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt boʻlgan yangi gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasining qurilish-payvandlash ishlari yakunlanib, sozlash va foydalanishga topshirish jarayoni bormoqda.
Bugun, 9-oktyabr kuni korxonaning ilk gaz-porshenli qurilmalari sinovdan muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Stansiya ikki hafta ichida Oʻzbekistonning yagona elektr tarmogʻiga ulanib, quvvat uzatishni boshlaydi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 29-mart kuni Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari tomonidan mazkur elektr stansiyasi qurilishiga start berilgan edi. Yangi nurxona yiliga 1,7 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring