Sirdaryo viloyatida birdaniga 3 nafar geroin sotuvchisi ushlandi

19:27 05 Dekabr 2021 Jamiyat
1165 0

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga chek qoʻyildi, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyatchilardan birini “T.Malik” mahalla fuqarolar yigʻini hududida geroin sotayotgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olishgan. Tekshiruvdan soʻng militsiya xodimlari yana ikki kishini qoʻlga oldi.

Koʻzdan kechirish chogʻida ulardan 12 dona polietilen paketda 10 gramm geroin, shuningdek, yana bir oʻramda ogʻirligi 300 gramm boʻlgan shunga oʻxshash giyohvandlik moddasi olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni sotish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar, shu jumladan ularni realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер