“Sirdaryo viloyati toponimlari” kitobi nashr etildi
Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Yangi nashr etilgan mazkur kitob Sirdaryo viloyati toponimlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Unda toponimika fanining asosiy tarkibiy qismlari boʻyicha tushunchalar, sohaga oid ilmiy izlanishlar tarixi, toponimikaning oʻziga xos xususiyatlari va tadqiqot metodlari bayon qilinib, Sirdaryo viloyati gidro, oro, fito, etno, antropooykonimlarga taʼrif berilgan. Hududga tegishli qisqacha toponimik lugʻat (250 dan ortiq joy nomlari) keltirilgan.
— Sirdaryo viloyati tabiiy geografik holati va toponimiyasiga koʻra, boshqa viloyatlardan katta farq qiladi, — deydi viloyat hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi Gʻaybulla Yusupov. — Viloyat hududi asosan tekisliklardan iborat. Togʻ-u qirlar yoʻq. Tabiiy suv obyektlari kam. Shu bois, tabiiy-geografik toponimlari ham oz. Borlari ham leksik jihatdan rang-barang emas. Maʼlumki, Mirzachoʻlni oʻzlashtirishda respublikamizning barcha hududlari aholisi vakillari ishtirok etgan. Buni bugun viloyat hududidagi Andijon, Zomin, Namangan, Nurota, Sangzor, Fargʻona, Qoraqishloq (Usmat) kabi toponimlardan bilsa ham boʻladi.
Kitobda keltirilishicha, shuningdek, Boyovut, Julangar, Mirzachoʻl, Sardoba, Sovot, Xovos, Xoʻjamushkent, Shoʻroʻzak kabi hudud uchun xarakterli nomlar ham yoʻq emas.
Kitobda etnotoponimlarga, yaʼni, urugʻ, el-elat nomlari bilan atalgan toponimlarga ham alohida ahamiyat berilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring