Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida inson ongiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi fosh etildi
Illyustrativ foto
Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida psixotrop dori vositalari savdosining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Departamentning Sirdaryo tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. 200 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 10 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning xonadonidan sotish maqsadida saqlab kelayotgan yana 552 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Boshqa bir holatda, Departamentning Ohangaron shahri boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Sh. (muqaddam sudlangan) fuqaro Sh.A.ga 20 dona “Zardeks” nomli psixotrop dori vositasini 1,9 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring