Sirdaryo tumanida 6 580 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotuvga qoʻygan doʻkon aniqlandi

12:08 21 Noyabr 2023 Jamiyat
128 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “O-D.” MCHJ rahbari Yu.R. savdo doʻkoni va omborxonasida umumiy bahosi 101,4 mln soʻmlik 23 xil turdagi 6 580 quti xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер