Singapurning APARA kompaniyasi va INNO texnoparki oʻrtasida memorandum imzolandi
INNO texnoparki vakillari Singapurda boʻlib oʻtgan biznes forumda ishtirok etdi.
INNO texnoparki va Singapurning sunʼiy intellektga asoslangan dasturlarni yaratish boʻyicha yirik tashkilot - Asia Pacific Assistive Robotics Association (APARA) kompaniyasi oʻrtasida memorandum imzolandi. Endilikda APARA kompaniyasi tomonidan texnoparkda sunʼiy intellekt boʻyicha bepul darslar oʻtkaziladi.
Korea GRC (Global Robot Cluster) kompaniyasi prezidenti bilan muzokaralar oʻtkazildi. Natijada, Koreya delegatsiyasi vakillari noyabrda “Xalqaro Sunʼiy intellekt biznes forumi” da Oʻzbekiston uchun alohida pavilyon ajratish va 10 kishidan iborat delegatsiyani kutib olishga tayyorligini bildirdi.
INNO texnopark ijrochi direktori Akbarxon Sobirxonov Singapur Kommunikatsiyalar va Milliy rivojlanish vazirligi, Davlat vaziri Tan Kiat Hov bilan uchrashdi va Singapurlik innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi ishbilarmon va investorlarni INNO texnoparkiga taklif etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring