Singapur sammitida AQSH prezidenti va KXDR yetakchisini qo‘riqlashga nepallik jangchilar jalb etiladi

Nepal gurkxlari 12 iyun kuni Singapurda AQSH va KXDR rahbarlari Donald Tramp va Kim Chen In o‘rtasidagi tarixiy sammitda xavfsizlikni ta’minlash ishlariga jalb etiladi. Bu haqida Rueters axborot agentligi xabar berdi.
Gurkxlar mahalliy politsiya elita bo‘linmalari qatorida Singapurga Tramp va Kim Chen In bilan birga keladigan AQSH va Shimoliy Koreya xavfsizlik kuchlari xodimlari safini to‘ldiradi.
Ular bevosita sammit o‘tkaziladigan binoga joylashtiriladi, yuqori martabali mehmonlar o‘tadigan ko‘chalar hamda turadigan mehmonxonalar muhofazasini o‘z qo‘liga oladi.
Nepalliklar o‘tgan hafta oxirida ushbu mamlakatda bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani xavfsizligi masalalari bo‘yicha Shang-ri-Dialog xalqaro konferensiyasida ham o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlashgan edi.
Ma’lumot uchun, nepallik gurkxlar professional jangchilar bo‘lib, XIX asr oxiridan boshlab Buyuk Britaniya va boshqa qator davlatlar qurolli kuchlarida xizmat qilib keladi. Singapurdagi mahalliy huquq-tartibot idoralari tarkibida ularning soni 1800dan ortadi.
Tramp va Kim Chen Inni qo‘riqlashga nega ular ham jalb etilgani sababi aytilmayapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring