Singapur nashrlarida Oʻzbekiston turistik salohiyatiga oid maqolalar chop etildi

12:17 22 Iyun 2023 Dunyo
588 0

Singapur Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga Oliy darajadagi tashrifi doirasida Singapur Respublikasi bilan madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda ushbu davlatdan sayyohlar sonini oshirish maqsadida Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Singapurning sayyohlik agentliklari milliy assotsiatsiyasi (NATAS) boshchiligida Singapurning yetakchi sayyohlik kompaniyalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun info-tur tashkil etilgan edi.

Bundan tashqari 24-may kuni Toshkent shahrida Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston-Singapur turizm yoʻnalishi tadbirkorlari oʻrtasida oʻtkazilgan ochiq muloqotda ham singapurlik turoperatorlar va OAV vakillaridan iborat delegatsiyasi ishtirok etgan edi.

Singapurning eng yirik bosma nashrlaridan biri “The Straits Times” gazetasida Oʻzbekiston turistik salohiyatiga oid maqolalar chop etildi.

Maʼlumot uchun, “SPH Media” kompaniyasiga tegishli boʻlgan “The Straits Times” Singapurning asosiy ingliz tilidagi kundalik gazetasi, Osiyodagi yetakchi media kompaniyalardan biri. 1845-yil 15-iyulda tashkil etilgan gazeta mamlakat va dunyoning asosiy yangiliklarini har tomonlama yoritib boradi. Kundalik tiraji bir million nusxani tashkil qiladi.

Maqolada Oʻzbekiston ulkan sayyohlik salohiyatiga ega ekanligi, turizm infratuzilmasi yuksak darajada rivojlangani qayd etilgan. Mamlakatning turizm sohasi jadal rivojlanayotgani, bu anʼanaviy oʻzbek mehmondoʻstligi va boy tarixiy-madaniy merosi bilan bir qatorda Oʻzbekistonni tobora jozibador va nisbatan arzon sayyohlik maskaniga aylantirilayotgani taʻkidlangan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning noyabr oyida Markaziy Osiyoda birinchi marta Oʻzbekistonda Butunjahon sanitar-gigiyenik shahobchalar sammitini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер