Sifatli tibbiy xizmat hudud tanlamaydi
Respublikamizning eng chekka hududlarida ham aholiga namunali tibbiy xizmat koʻrsatishga boʻlgan eʼtibor kuchaytirilmoqda. Jumladan, Paxtaobod tumanining “Terak tagi” qishlogʻida joylashgan 5 ta MFYda istiqomat qiluvchi 12 ming nafardan ortiq aholiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan 52-oilaviy poliklinika mukammal taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.
— Inson salomatligi hamma narsadan qimmat, — deydi mehnat faxriysi Odinaxon Usmonoxunova. — Shunday ekan, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish shaharda ham, qishloqda ham bir xil boʻlishi kerak. Namunali tibbiy xizmat koʻrsatish hudud tanlamasligi lozim. Bu borada bizning oilaviy poliklinikamizda yaratilgan sharoitlardan xursandman!
2 mlrd. 700 ming soʻm mablagʻ evaziga taʼmirlangan maskanda 56 nafar tajribali tibbiyot xodimlari faoliyat yuritmoqda. Quvonarlisi, shifoxonaga tez tibbiy xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish maqsadida transport vositasi ham ajratildi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring