Si Szinpin Ukraina boʻyicha tinchlik muzokaralarini imkon qadar tezroq qayta boshlashga chaqirdi
Foto: Sinxua
Ukraina boʻyicha tinchlik muzokaralarini qayta boshlash kerak. Bu haqda Xitoy rahbari Si Szinpin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan ikki tomonlama uchrashuvda maʼlum qildi.
“Xitoy xalqaro hamjamiyatni tinchlik muzokaralarini imkon qadar tezroq tiklash Fransiya bilan hamkorlik qilishga tayyor” dedi Szinpin.
Si Szinpinning taʼkidlashicha, Pekin va Parij jahon hamjamiyatiga xalqaro gumanitar huquq tamoyillariga, shuningdek, Ukrainadagi mojaro sharoitida yadro qurolini tarqatmaslik tamoyiliga amal qilishga birgalikda murojaat qilishga tayyor.
Xitoy rahbarining soʻzlariga koʻra, shuningdek, “Ukraina inqirozining oziq-ovqat, energetika, moliya, transport va boshqa sohalardagi nojoʻya taʼsirini boshqarish” zarur, bu orqali harbiy mojaroning dunyo va rivojlanayotgan mamlakatlarga salbiy taʼsirini kamaytirish kerak.
Makron 5-aprel kuni Xitoyga davlat tashrifi bilan keldi. Avvalroq, Fransiya prezidenti Xitoyga tashrifi chogʻida Si Szinpinni Rossiya bilan yaqinlashuvdan qaytarish va Pekinni Ukraina inqirozini hal qilishda vositachilik missiyasiga jalb etish niyatida ekani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring