Shvetsiyada Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi ochiladi
Shvetsiya poytaxti Stokgolmdagi diplomatik vakolatxona Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi 36-elchixonasi boʻladi.
Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili vazifasini diplomatik missiya maslahatchisi lavozimiga tayinlangan Nodir Gʻaniyev bajaradi. Avval u Tashqi ishlar vazirligining Yevropa mamlakatlari va YEI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, Shvetsiyada Elchixona ochish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqida avval xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring