Shvetsiyada mamlakat tarixidagi eng kuchli zilzila qayd etildi

00:56 20 May 2020 Dunyo
1812 0

Shvetsiyada 18-may, dushanbaga oʻtar kechasi mamlakat tarixidagi eng kuchli zilzila roʻy berdi. Shuni taʼkidlash kerakki, Shvetsiyada, asosan, burgʻilash uskunalari sabab kelib chiqadigan holatlardan tashqari tabiiy zilzilalar deyarli kuzatilmaydi.

Xabar qilinishicha, rudani qazish uchun olib borilgan burgʻilash ishlari natijasida Rixter shkalasi boʻyicha 4,1 ballga teng boʻlgan zilzila sodir boʻlgan.

“Bu togʻ-kon sanoati tufayli yuzaga kelgan eng kuchli va eng katta zilziladir”, deydi Uppsala universiteti seysmologi Byorn Lund.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea ertalab soat 3:00 larda mamlakat shimolida, LKAB kompaniyasiga tegishli boʻlgan kon yaqinida yuz bergan. Shaxtada esa 13 nafar konchi boʻlgan, xayriyatki, ulardan hech biri jabrlanmagan. Zilzila faqat ertalab ishga tushirilgan suv nasosiga biroz zarar yetkazgan.

Kompaniya vakili Fredrik Byorkenvalning soʻzlariga koʻra, yer osti silkinishlari taxminan 20 kilometr radiusda ham sezilgan.

“Rudani qazib olish jarayonida teshiklar va yoriqlar paydo boʻladi, bu esa tabiiyki, toshga katta yuk tushiradi. Sodir boʻlgan zilzila esa yer yuzidan taxminan 1108 metr chuqurlikda hosil boʻldi”, deydi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер