Shvetsiyada inson goʻshti taʼmi keladigan vegetarian burger tayyorlandi
Foto: Depositphotos
Shvetsiyaning "Oumph!» firmasi inson goʻshti taʼmiga ega vegetarian burgerni yaratgani uchun mukofotga sazovor boʻlgan. Bu haqda “The Mirror” nashri xabar bermoqda.
Mahsulot yaratuvchilari inson goʻshtining tuzilishini toʻliq takrorlaganliklarini daʼvo qilmoqdalar. Ingrediyentlar soya, qoʻziqorin, bugʻdoy oqsili, oʻsimlik yogʻlari va sir saqlanadigan ziravorlar aralashmasidan iborat boʻlgan.
«Jasur va qoʻrqmas odamlar inson goʻshti taʼmi keladigan birinchi burgerni tatib koʻrishi mumkin. Ushbu noodatiy vegetarian burgerni yaratish orqali kompaniyamiz har qanday goʻshtni taʼmiga ega boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish mumkinligini isbotlamoqchi boʻldi», deyiladi kompaniya xabarida.
Shuningdek, burgerni reklamasi ham namoyish etildi. Unda qoʻli qonga belangan qassob burgerni ushlab turgani aks etgan. Aniqlik kiritilishicha, mahsulotni realizatsiya qilish jarayonida hech qanday noxush holat kuzatilmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring