Shuxrat Xalmuxamedov Mudofaa vaziri etib tayinlandi
Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan general-mayor Shuxrat Gayratdjanovich Xalmuxamedov mudofaa vaziri etib tayinlandi.
U 2021-yilning mart oyidan buyon mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha Xalmuxamedov mudofaa vaziri o‘rinbosari, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari va Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring