Shu yilning oʻtgan davrida 3 mln. 434 ming nafar fuqaroning bandligi taʼminlangan

17:31 20 Iyul 2022 Jamiyat
615 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanovning “2022-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha dasturlarning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi axboroti eshitildi.

Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida aholini ijtimoiy himoyalash, turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar oʻz samarasini bermoqda. Ayniqsa, aholi bandligini taʼminlash maqsadida qator loyihalar, dasturlar ishlab chiqilib, ular asosida subsidiya va grandlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida boʻlgan fuqarolar uchun imtiyozli kreditlar doimiy ravishda ajratib kelinmoqda.

Yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻyicha dasturlar ijrosi aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama koʻmaklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini taʼminlash boʻyicha yangi taʼsirchan mexanizmlarni joriy etish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish oʻrinlarini tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada ragʻbatlantirishga xizmat qilmoqda.

N.Husanovning taʼkidlashicha, 2022-yilning shu davriga qadar 3 million 434 ming nafar fuqarolar doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarga jalb etilgan.

Shuningdek, mamlakatimizda tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Xususan, oʻzini oʻzi band qilish uchun asbob uskuna va mehnat qurollari sotib olish, kooperativlar tashkil etish va tadbirkorlik faoliyatini olib bormoqchi boʻlganlarga 20 dan ortiq yoʻnalishlarda subsidiya ajratish tizimi yaratildi. 

Joriy yilning oʻtgan davrida 22,0 ming ishsiz, “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslarga 53,5 mlrd.soʻm subsidiya ajratilgan.

Eshituvda deputatlar ijobiy ishlar bilan birga mazkur sohadagi ayrim muammo va kamchiliklarga alohida eʼtibor qaratdi. 

Muhokamalar jarayonida xalq vakillari aholi bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, aholi daromadlarini oshirish, shu orqali kambagʻallikni qisqartirish yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrish zarurligini taʼkidlab oʻtdilar.

Savol-javoblarga boy boʻlgan majlisda N. Husanovning axboroti maʼlumot uchun qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер