Shu hafta “Katta yettilik” davlatlari rahbarlari onlayn muloqot oʻtkazadi
19-fevral kuni dunyoning “Katta yettilik”(G7) davlatlari rahbarlarining videokonferensaloqa shaklidagi uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Unda koronavirus, unga qarshi vaksinalarni ishlab chiqarish, taqsimlash va yetkazib berishni muvofiqlashtirish, iqlim va iqtisodiy muammolar muhokama qilinadi. Onlayn muloqotda AQSHning yangi prezidenti Jo Bayden ilk bor ishtirok etadi.
G7 liderlari oxirgi marta 2020-yil aprel oyida uchrashishgandi.
«Virtual muloqot prezident Baydenga koronavirusga qarshi kurashish va dunyo iqtisodiyotini tiklash rejalarini muhokama qilish imkoniyatini beradi», — deyiladi Oq uyning shu boʻyicha bergan bayonotida.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson taklifiga koʻra, mazkur sammit anʼanaviy shaklda shu yil 11-iyundan 13-iyunga qadar Kornuoll yarim orolidagi Karbis-Bey kurort shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring