Shu aziz Vatan farzandiman
Andijon viloyatida “Bash tashabbus bilan kelajak sari” shiori ostida “Til — millat koʻzgusi” hamda “Men — shu aziz Vatan farzandiman” nomli bolalar festivali boʻlib oʻtdi.
Tadbirda umumiy oʻrta taʼlim maktabilarining “Barkamol avlod” bolalar markazi tanlovlari, turli sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida munosib ishtirok etgan oʻquvchilari hamda oʻqituvchilar, ota-onalar qatnashishdi. Taʼkidlash kerakki, festivalda besh mingdan ziyod yoshlar va ustozlar oʻz ijod namunalari, milliy hunarmandchilik mahsulotlari hamda turli innovatsion modellarini namoyish etishdi.
Ayniqsa, oʻgʻil-qizlarning “Davlat tili haqida”gi Qonunning 30 yilligiga bagʻishlangan chiqishlari yorqin taassurotlarga boy boʻldi.
Festivalda ishtirok etgan maktablarga kitoblar toʻplami hamda sport anjomlari sovgʻa qilindi.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring