Shtat qisqarganda ishda qolishda kimlarga ustunlik beriladi?

14:33 19 Iyul 2023 Jamiyat
1159 0

Shtat qisqarishi natijasida xodimlar ishdan boʻshatilganda malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq xodimlar ishda qoldiriladi.

Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil boʻlganda quyidagilarga afzallik beriladi:

— qaramogʻida 2 yoki undan koʻp kishi boʻlgan xodimlarga;

— oilasida mustaqil ish haqi oluvchi boshqa xodim mavjud boʻlmaganlarga;

— shu ish beruvchida uzoq muddat ish stajiga ega boʻlganlarga;

— malakasini oshirayotgan xodimlarga hamda oʻqishni tamomlagan shaxslarga;

— ushbu tashkilotda mehnatda mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga uchragan shaxslarga;

— nogironligi boʻlgan shaxslarga;

— 1941 – 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlar boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

— mehnatdagi yutuqlari uchun ragʻbatlantirishlarga ega va intizomiy jazolarga ega boʻlmagan xodimlarga;

— atom obyektlaridagi avariyalar oqibatida zarar koʻrgan shaxslarga.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер