Shomurodovning transfer qiymati oshdi, Fayzullayev va Aliqulovniki esa oʻzgarmadi
Kecha, 5-mart kuni “Transfermarkt” portalida Turkiya Superligasida oʻynayotgan futbolchilarning narxlari yangilandi.
Ushbu yangilanishdan soʻng, Turkiya Superligasida 16 ta gol kiritgan Eldor Shomurodovning narxi 2 million yevroga koʻtarildi va ayni vaqtda 7 million yevroni tashkil etmoqda.
“Istanbul Bashakshehir” klubida oʻynayotgan yana bir oʻzbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev va “Rizespor” klubi himoyachisi Husniddin Aliqulovning narxlari esa oʻzgarishsiz qoldi.
Ushbu yangilanishdan soʻng, ligadagi eng qimmat futbolchi “Galatasaroy” hujumchisi Viktor Osimxen boʻlib turibdi. “Transfermarkt” ushbu futbolchini 75 million yevroga baholagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring