“Shohnigor”ning shohona maskani

14:34 19 Avgust 2022 Jamiyat
630 0

Foto: Xalq so‘zi

Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 17-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining qoʻsh qavatli binosi taʼmirdan chiqarilgach, bu goʻsha “Shohnigor” mahalla fuqarolar yigʻinining shohona maskaniga aylandi, desak adashmaymiz.

Salkam yuz nafar oʻgʻil-qizni oʻz bagʻriga olgan maktabgacha taʼlim tashkilotining shinam, havas qilgulik darajaga kelishi uchun 400 million soʻm miqdorida mablagʻ sarflandi. Yotoqxonalar, musiqa zali, oshxona va boshqa qoʻshimcha xonalar taʼmirlandi. Yon-atrof orasta holga keltirildi. Qish gʻamini yozda qil, deganlaridek, qozonxona va isitish uskunalari ham shaylab qoʻyildi. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan ajratilgan 240 million soʻm mablagʻ esa bolalar oʻyin maydonchasi, yozgi ayvon qurilishi va eskilarini taʼmirlashga sarflandi. Xullas, bugun “Shohnigor”dagi bu maskanga kelgan kishi oʻzini zamonaviy maktabgacha taʼlim muassasasiga kirib qolganini his etadi.

Maʼlumotlarga qaraganda, joriy yilning toʻqqiz oyida Buxoro viloyatida 12 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish-taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilib, foydalanishga topshiriladi.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер