Shirkatlar tomonidan 311,6 mln. soʻm mablagʻ talon-taroj qilingani aniqlandi

10:41 22 Aprel 2022 Jamiyat
836 0

Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻp kvartirali uylarga xizmat koʻrsatuvchi shirkatlar tomonidan kvartplata pullari talon-taroj qilinganligi aniqlandi.

Joriy yilning aprel oyida Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy fondi inspeksiyasi tumandagi ayrim uy-joy mulkdorlar shirkatlari faoliyatini oʻrganganida ular tomonidan 311,6 mln. soʻm mablagʻ talon-taroj qilingani aniqlandi.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер