Shimoliy va Janubiy Koreya chegarasida otishma sodir boʻldi

10:47 03 May 2020 Dunyo
1139 0

KXDR va Janubiy Koreya chegarasida otishma sodir boʻldi, deb xabar berdi “Yonhap” agentligi.

Koreya Respublikasi shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi rahbarining maʼlum qilishicha, voqea 3-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:41 da yuz bergan. Janublik harbiylarning taʼkidlashicha, shimol tomon birinchi boʻlib oʻq uzgan.

Demarkatsion chegara markaziy qismida kuzatuv posti (Janubiy Koreyaning) tomon bir nechta oʻq uzilgan. Mavjud qoidadan kelib chiqib, janubliklar radiokarnay orqali bir nechta ogohlantirish qilgan, soʻng shimolliklar tomon ikki marta oʻq uzishgan.

Qurbonlar, jarohatlanganlar yoʻql, voqea yuzasidan surishtiruv boshlanadi.

Maʼlumot uchun: Koreya yarimoroli rasman urush holatida, chunki 1950—1953-yillardagi Koreya urushi tinchlik bitimi bilan emas, yarashuv bitimi bilan nihoyasiga yetgan. Ikki koreys mamlakatini 38-parallel orqali oʻtgan demarkatsion chegara ajratib turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер