Shifokorlarning ish vaqti noto‘g‘ri tashkil qilingani sabab bemorlar uzoq vaqt navbat kutishga majbur bo‘layotgani tanqid qilindi
Ayrim tibbiyot muassasalarida shifokorlarning ish vaqti noto‘g‘ri tashkil qilingani sabab bemorlar uzoq vaqt navbat kutishga, vrach qabuliga kirish uchun 2-3 marta kelishga majbur bo‘lmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga Asaka tumanida shifokor va hamshiralar ishini to‘g‘ri tashkil etish namunasini yaratish va barcha tumanlarda joriy qilish topshirildi.
Shuningdek, bemorlarga ko‘rsatilgan xizmatni muassasani o‘zida, telefon yoki onlayn so‘rovnoma o‘tkazish orqali baholash tizimini tashkillashtirish vazifasi qo‘yildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring