Shifokorga tan jarohati yetkazgan fuqaro 4 yilga qamaldi
Shu yilning 24-mart kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining toksikologiya qabul boʻlimiga poytaxtning Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi 37 yoshli fuqaro U.N onasi hamrohligida olib kelingani hamda bu yerda boshqa bemorlarga xizmat koʻrsatayotgani uchun oʻz xizmat faoliyatini oʻtayotgan navbatchi shifokor N.Toshpoʻlatovaga tan jarohati yetkazgani haqida aytilgandi.
Shifokor N.Toshpoʻlatova “Qoʻshma kraniofatsial jarohat. Bosh miya yopiq jarohati. Bosh miyaning ogʻir darajada lat yeyishi. Subaraxnoidal qon quyulishi. Burun suyaklari va burun toʻsigʻi sinib siljishi. Ensa va burun sohalari yumshoq toʻqimalarining lat yeyishi. Nazogemorreya” tashxisi va bosh miya shishi asorati bilan neyroxirurgiya boʻlimiga yotqizilgan.
Sud hukmga koʻra, U.Nʻga nisbatan qoʻllanilgan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi oʻzgarishsiz qoldirildi. Ayblanuvchiga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi..
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring