Shifoxonada kutubxona – doʻkon qurildi
Shifoxonada davolanayotganlar boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazishadi?Nari borsa, oʻzaro gurung qilishadi.Zerikishlari turgan gap.Mabodo, kitob mutolaa qilishsa – chi?Boʻsh vaqtni bundan – da mazmunli va foydali oʻtkazishning qanday yoʻli bor?
Ana shularni oʻylagan Buxoro viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamda Romitan tuman tibbiyot birlashmasi mutasaddilari kasalxona hududida amalga oshirilayotgan keng qamrovli bunyodkorlik ishlari doirasida kutubxona – doʻkon qurish fikriga keldilar.
Shu tariqa 90 oʻrinli tugʻruq majmuasi, nevrologiya boʻlimi, qon banki, sterilizatsiya binolari rekonstruksiya qilinib, ular qatorida tibbiyot xodimlari hamda bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi “Kafe books” yaʼni kutubxona – doʻkon barpo etildi.Undan jahon va oʻzbek adabiyotiga oid eng sara kitoblar oʻrin olgan. Boʻsh vaqtni kitob mutolaasi bilan oʻtkazish uchun qulayliklar yaratilgan.
Maʼlumot tariqasida aytish lozimki, joriy yilda Investitsiya dasturi asosida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli inshootlarni taʼmirlash, yangilarini bunyod etish uchun 7 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan.
Istam IBROHIMOV,
(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring