SHHT mamlakatlarining aql markazlari 2022-yil yakunlarini sarhisob qildi
Foto: Arxiv surat
Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) mamlakatlari tahliliy iqtisodiy markazlari Konsorsiumi Xitoy tomoni raisligida videokonferensiya formatida joriy yilgi yakuniy yigʻilishini oʻtkazdi.
Konsorsiumdan maqsad SHHTga aʼzo mamlakatlarning tahliliy iqtisodiy markazlari salohiyatini birlashtirib, tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish va mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti oʻz taqdimotida Oʻzbekistonda kambagʻallikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijalari, shuningdek, SHHT mamlakatlari oʻrtasida bu boradagi hamkorligini mustahkamlash boʻyicha takliflarni taqdim etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring