SHHT Ayollar forumi qayerda o‘tkaziladi?

15-18 may kunlari Xitoyda ilk marta SHHT Ayollar forumi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirning asosiy mavzusi esa - “Umumiy rivojlanishga ko‘maklashuvchi xotin-qizlar sa’y-harakatlarini birlashtirish”dir.
Mamlakatimiz delegatsiyasiga O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Tanzila Norboyeva rahbarlik qilmoqda.
Anjuman Xitoy xotin-qizlar federatsiyasi va SHHT tomonidan o‘tkazilayapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring