“Sheʼriyat maskaniga aylangan xonadon” — Abdulla Oripovning uy-muzeyidan fotoreportaj

11:55 21 Mart 2026 Madaniyat
713 0

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Kecha, 20-mart kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi “Doʻrmon” qoʻrgʻonida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning uy-muzeyi tantanali ravishda ochildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Ushbu muzey davlatimiz rahbarining tashabbusi va qarori asosida Abdulla Oripov xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, tantanali ochilish marosimida davlat va jamoat arboblari, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Ruslanbek Davletov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, shuningdek, shoir va yozuvchilar, Abdulla Oripovning shogirdlari soʻzga chiqib, yangi madaniyat dargohning naqadar ahamiyatli ekaniga toʻxtalib oʻtdilar.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

21-mart – xalqimizning ardoqli shoiri Abdulla Oripov tavallud sanasining keng nishonlanishi mamlakatimizda ezgu adabiy anʼanaga aylangan. Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov ijodi zamonaviy oʻzbek adabiyotining yorqin sahifalaridan birini namoyon etadi. Uning sheʼrlarida insonning chuqur ruhiy dunyosi tahlil etiladi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Abdulla Oripov 1941-yil Qashqadaryo viloyati Kosonsoy tumani Nekuz qishlogʻida tugʻilgan. 1958-yil oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlab, tahsilni Oʻzbekiston Davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetining jurnalistika boʻlimida davom ettiradi. 1963-yil universitetni aʼlo baholar bilan yakunlab, “Yosh gvardiyachi” tahririyatida muharrir boʻlib ishlaydi. Mehnat faoliyati davomida turli yillarda Gʻofur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat tahririyati muharriri va bosh muharriri, “Sharq yulduzi” jurnalida boʻlim rahbari, 1972-yildan 1982-yilgacha Abdulla Oripov Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi boʻlib faoliyat yuritadi. 1996-yildan 2009-yilgacha Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi sifatida faoliyat boshlaydi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Abdulla Oripov universitetda oʻqib yurgan kezlarida “Qush” nomli oʻzining ilk sheʼrini yozgan. Shoirning “Bahor”, “Birinchi muhabbatim”, “Kuz”, “Saraton”, “Oʻzbekiston”, “Munojotni tinglab”, “Otello”, “Sarob”, “Dengizga”, “Malomat toshlari”, “Oltin baliqcha”, “Yuzma-yuz”, “Genetika” va boshqa sheʼrlari — XX asrning ikkinchi yarmi oʻzbek adabiyotining yorqin namunasidir.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

1965-yil Abdulla Oripovning ilk sheʼriy toʻplami “Mitti yulduz” chop etilgan. Keyinchalik “Koʻzlarim yoʻlingda”, “Onajon”, “Ruhim”, “Oʻzbekiston”, “Qasida”, “Xotirot”, “Yurtim shamoli”, “Hayrat”, “Najot qalʼasi”, “Yillar armoni”, “Ishonch koʻprigi”, “Munojot”, “Haj daftari”, “Saylanma” kabi sheʼriy toʻplamlari ham bosiladi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

“Doʻrmon” ijod uyi hududidagi shoir istiqomat qilgan xonadonda ochilgan ushbu uy muzeyi Abdulla Oripovning betakror ijodiy merosini keng targʻib etish, ayniqsa, yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy gʻururni mustahkamlash, avlodlarni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?