Shenchjen osmonoʻpar binolar soni boʻyicha Nyu-Yorkni ortda qoldirdi
Xitoyning janubiy qismida joylashgan Shenchjen shahri (Guandun provinsiyasi) osmonoʻpar binolar soni boʻyicha Nyu-Yorkni ortda qoldirdi va ushbu koʻrsatkich boʻyicha dunyo miqyosida Gonkongdan keyin ikkinchi oʻrinni zabt etdi.
Baland binolar va shahar muhiti boʻyicha xalqaro kengash maʼlumotlari shundan dalolat bermoqda.
Xabarga koʻra, qirq yil oldin baliqchilik bilan shugʻullangan qishloq boʻlgan Shenchjen shahrida hozirda balandligi 150 metr (oʻrtacha qirq qavat) va undan yuqori boʻlgan 289 ta shisha va betondan qurilgan minoralar roʻyxatdan oʻtgan. Amerikaning eng yirik shahri boʻlgan Nyu-Yorkda esa ularning soni 283 tani tashkil etadi.
Ushbu reytingdagi birinchi oʻrinni 354 ta osmonoʻpar binolari bilan Gonkong egallab turibdi. Beshta yetakchiga esa Dubay (202) va Shanxay (165) ham kiritilgan.
Osmonoʻpar binolarining soni boʻyicha tuzilgan mamlakatlar reytingida esa Xitoy 2204 ta bino bilan yetakchiga aylangan. Uning darajasi Amerika Qoʻshma Shtatlaridan deyarli uch baravar koʻp (808) boʻlib, undan keyingi pogʻonalarda Yaponiya (259), Birlashgan Arab Amirliklari (255) va Koreya Respublikasi (231) qayd etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring