Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlanmoqda
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga tashrifi davom etmoqda. Birozdan soʻng Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlanadi. Bu haqda Sherzod Asadov xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qoraqalpogʻistonda yurtimizning barcha hududlaridan 300 ga yaqin tadbirkor va investorlar toʻplangan.
Shuningdek, muloqotda xorijda biznesini yoʻlga qoʻygan yana 40 dan ziyod vatandoshlarimiz ishtirok etadi. Hududiy studiyalardan 3 mingga yaqin biznes vakillari qatnashishi ham koʻzda tutilgan.
“Davlatimiz rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish boʻyicha muhim yangi tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligini nishonlashga oid qarorni imzolagandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring