Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan muloqoti 22-avgust kuni oʻtkaziladi
Foto: president.uz
Oʻtgan yili davlat rahbarining biznes ahli bilan ilk ochiq muloqoti oʻtkazilib, 20-avgust yurtimizda Tadbirkorlar kuni deb belgilangandi.
Joriy yilda ham davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan uchrashib, sohadagi muammo va vazifalarni tahlil qiladi, biznes vakillarining taklif va tashabbuslari bilan tanishib, yangi yechimlarni koʻrsatadi, tadbirkorlik rivojiga xizmat qiladigan qarorlarni qabul qiladi.
Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, bu yilgi tadbir 22-avgust kuni oʻtkazilishi moʻljallangan. Maʼlumot uchun, boʻlajak uchrashuvga tadbirkorlardan respublika shtabiga qariyb 8,5 mingta murojaat kelib tushgan, ularning 72 foizi hal etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring