Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifidan fotoreportaj
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
15-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif dasturining birinchi manzili “Asaka tekstil” klasterining toʻqimachilik korxonasi boʻldi. Shundan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Andijon sanoat xabi”dagi korxonalar faoliyati bilan, keyin esa “Andijon sanoat xabi”da viloyatda ishlab chiqarilayotgan mebellar koʻrgazmasi bilan tanishdi. Shuningdek, Prezident Andijon viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Tashrif davomida davlatimiz rahbari Andijon shahridagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatini hamda bunyod etilayotgan Universal sport majmuasini borib koʻrdi. Keyingi manzilda esa Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi rekonstruksiya qilingan markaziy qozonxonani koʻzdan kechirdi.
Tashrifni yoritishda ishtirok etgan “Xalq soʻzi” muxbiri fotoreportaj tayyorladi.


















































































Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring