Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Mirziyoyev Putinni 12 iyun - Rossiya kuni bilan tabriklagan.
Ma’lumot uchun, Rossiya kuni Rossiya Federatsiyasi davlat bayrami hisoblanadi. Bayram 1990 yil 12 iyun kuni qabul qilingan RSFSR davlat suvereniteti Deklaratsiyasi sharafiga, 1992 yildan beri har yili nishonlanib kelinadi. Mazkur kun 2002 yilga qadar Deklaratsiya qabul qilingan kun sifatida nishonlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring