Shavkat Mirziyoyev videoselektorda Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi haqida soʻz yuritdi

16:54 26 Yanvar 2022 Siyosat
2197 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasining 2022-2026-yillarga moʻljallangan “Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasi”ni amalga oshirishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Davlatimiz rahbari Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi haqida:

"Hammangiz xabardorsiz, oʻtgan yili saylovoldi dasturi doirasida hududlarga tashriflarda “Inson qadri uchun” tamoyilini barcha islohotlarimizning bosh mezoni sifatida belgiladik.

“Davlat – inson uchun” degan ezgu gʻoyani hayotga tatbiq etish maqsadida 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini bevosita xalqimiz bilan maslahatlashib, odamlarimizning fikr va takliflari asosida ishlab chiqdik. Ushbu strategiyada:

— yaqin va oʻrta istiqbolda Oʻzbekistonning taraqqiyot tendensiyalari qanday boʻladi?

— kelgusidagi faoliyatimizni belgilaydigan aynan qaysi maqsad va vazifalar biz uchun eng dolzarb va ustuvor hisoblanadi?

— davlat va jamiyat hayotining barcha jabha va yoʻnalishlarini kompleks rivojlantirish uchun asosiy eʼtiborni nimalarga qaratishimiz kerak?

— keyingi yillarda qabul qilingan qonun va qarorlarimiz, dastur va rejalarimizni yangi davrda qanday davom ettirishimiz, ularga qanday qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritishimiz kerak, degan savollarga chuqur va atroflicha javob berilgan", — degan Prezident oʻz nutqida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер