Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga keldi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga keldi.
“Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun Rossiyaning shimoliy poytaxtida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining norasmiy sammiti boʻlib oʻtadi. Uchrashuv kun tartibidan MDH doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar oʻrin olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring